14:38 / 25.07.2017
5737

Xitoy AQSh Janubi-Xitoy dengizida fitna harakatlarini to‘xtatishidan umid qilmoqda

Xitoy Amerika HDK kelajakda Janubi-Xitoy dengizida fitna harakatlaridan qochishiga umid qilmoqda. Ular Pekin va Vashingtonning munosabatlariga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Bu haqda Xitoy TIV rasmiy vakili Lu Kan ma'lum qildi.

Avvalroq Reyter agentligi ikki nafar nomi oshkor etilmagan amerikalik amaldorga asosan Xitoyningg J-10 qiruvchisi yakshanba kuni Janubi-Xitoy dengizi ustida Amerika HDK samolyotini tutgani haqida xabar bergandi. 

"Shuni ma'lum qilmoqchimanki, Xitoy har doim xalqaro prinsiplar va qoidalarga rioya qilgan, bunda dengiz uzra parvozlar xavfsizligini ta'minlash nazarda tutilgan. Biz yuzaga kelayotgan qarama-qarshilikni konstruktiv tarzda hal qilish uchun tegishli davlatlar bilan o‘zaro ishonch aloqalarini faol ravishda o‘rnatib kelganmiz", - deya ma'lum qildi Lu Kan.

Diplomatning qo‘shimcha qilishicha, “Amerika kemalari so‘nggi paytda Xitoyning qirg‘oqlariga yaqin masofaga kelib, kuzatuv ishlarini amalga oshirmoqda”. Bunday harakatlar Xitoy-Amerika munosabatlariga salbiy ta'sir qilishi aytildi.

"Pekin AQSh bu faoliyatni to‘xtatishi va ro‘y bergan hodisaga o‘xshash holatlardan qochishiga umid qilmoqda", - degan u.

Top