Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Internetda sotilayotgan qurolning katta qismi qaysi davlatdan kelishi aniqlandi
Internetning maxfiy qismida sotiluvchi qurol-yarog‘ning katta qismi AQShdan keladi. Bundan RAND Europe va Manchester universiteti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari darak bermoqda.
Ta'kidlanishicha, o‘qotar qurolning taxminan 60 foizi AQShdan kelayotgan bo‘lsa, Yevropa mamlakatlaridan – 25 foiz. Shu bilan birga, tadqiqotning ko‘rsatishicha, Yevropada qurol sotishdan tushuvchi daromadlar Qo‘shma Shtatlardagi darajadan besh barobarga ko‘pdir.
Mualliflarning qayd etishicha, internetning maxfiy qismida sotiluvchi qurol keng ko‘lamli qurolli ixtiloflarda qo‘llanilmaydi, biroq u terrorchilar hamda kichik jinoiy guruhlar tomonidan foydalanilishi mumkin.
Mavzuga oid
11:29
AQSh va Eron o‘rtasida zarbalar almashinuvi ro‘y berdi
08:33 / 07.05.2026
Obama nima uchun AQSh o‘zga sayyoraliklarni yashira olmasligini tushuntirdi
08:24 / 07.05.2026
Epshteynning o‘limidan oldingi ehtimoliy xati surati e’lon qilindi
23:45 / 06.05.2026