O‘zbekiston | 15:45 / 26.07.2017
20150
1 daqiqa o‘qiladi

Harbiy xizmat ham majburiy ishlab berilishi lozim bo‘lgan muddatga qo‘shiladimi?

SAVOL: Oliy o‘quv yurtiga davlat granti asosida o‘qishga kirganman. O‘qishni bitirgach, muddatli harbiy xizmatga ketdim. Xizmat o‘tagan davrim ham o‘qishdan so‘ng majburiy ishlab berilishi lozim bo‘lgan muddatga qo‘shiladimi?

Nodirbek SAYDIRAHIMOV,

Yunusobod tumani

JAVOB: Agar bitiruvchi talaba o‘qishdan so‘ng majburiy ishlab berish vaqtida harbiy xizmatga kelgan bo‘lsa, unda harbiy xizmat vaqti majburiy ishlab berilishi lozim bo‘lgan uch yillik muddatga ham kiradi.

Savolga O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti yuridik xizmat xodimi

Mavjuda RAJABOVA javob berdi.

Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid