19:52 / 26.07.2017
14479

Prezident qarori bilan “O‘zbekko‘mir” “O‘zbekiston temir yo‘llari” tarkibiga o‘tkazildi

Foto: O‘zbekko‘mir

“O‘zbekko‘mir” va “Sharg‘unko‘mir” korxonalari “O‘zbekiston temir yo‘llari” tarkibiga o‘tkazildi. Bu O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 26 iyuldagi ko‘mir sohasidagi korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish hamda boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorida belgilangan.

Hujjatda ta'kidlashicha, hozirgi ko‘mir sohasini boshqarish tizimi va “O‘zbekko‘mir” rahbariyati 2017-2021 yillarda ko‘mir sanoatini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish Dasturini amalga oshirish hamda ko‘mir sanoatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘yilgan vazifalarni o‘z vaqtida va samarali bajarilishi, respublika aholisi hamda ijtimoiy obektlarni kerakli hajmda va sifatli ko‘mir mahsuloti bilan ta'minlamayapti. Buning natijasida soha faoliyatiga tegishli ko‘plab shikoyatlar borligi aytiladi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ijroiya apparati tuzilmasiga boshqaruv raisining sanoatdagi ishlab chiqarish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy etildi.

Qaror bilan “Ko‘mir ta'minot” mahsulotni sotish va yetkazib berish bo‘yicha yagona korxonani tashkil etish taklifi ma'qullandi. “O‘zbekko‘mir” mintaqaviy markazlarining unitar korxonalari uning filiallariga aylantiriladi.

Mavzuga oid
Top