Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy 25 yil davomida O‘zbekistonga 9 mlrd dollarlik moliyaviy mablag‘lar taqdim etdi
Illyustrativ foto
Xitoy O‘zbekistonning asosiy savdo va investitsiyaviy sherigi hisoblanadi. Bu haqda XXRning O‘zbekistondagi elchixonasining savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Tszin Yuylun ta'kidlab o‘tdi.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, Xitoy 25 yil davomida O‘zbekistonga 9 mlrd dollarlik kreditlar, grantlar va beg‘araz yordam taqdim etgan.
Uning qayd etishicha, 25 yil ichida Xitoyning imtiyozli va tijoriy kreditlari hisobidan O‘zbekiston elektroenergetika, ko‘mir qazib olish sanoati, gidroenergetika, kimyo sanoati, aviaqatnov, temir yo‘l transport va boshqa sohalarda 60 dan ortiq loyihani amalga oshirdi yoki oshirmoqda.
Shu bilan birga, uning qo‘shimcha qilishicha, bu mablag‘lar hukumat liniyasi bo‘yicha taqdim etilgan va Xitoy ishbilarmon doiralari sarmoyalarini hisobga olmagan.
Tszin Yuylunning eslatishicha, Xitoy O‘zbekistonga Angren-Pop temir yo‘l tunneli, Angren IESda yangi energoblokni qurish, Qo‘ng‘irot soda zavodi quvvatlarini kengaytirish kabi yirik loyihalarni amalga oshirish uchun mablag‘lar taqdim etgan.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, Xitoy O‘zbekistonga ta'lim, tibbiyot, bojxona, madaniyat, qishloq xo‘jaligi, gidroinshootlar, xavfsizlik va boshqa sohalarda 40 ta loyihani amalga oshirish uchun beg‘araz yordam ko‘rsatdi.
Eslatilishicha, bugungi kunda XXRning O‘zbekistonga investitsiyalari umumiy hajmi 7,8 mlrd dollardan ko‘proqni tashkil etadi. O‘zbekistonda Xitoyning 700 dan ortiq korxona va qo‘shma korxonalari xalq xo‘jaligining turli sohalarida o‘z faoliyatini olib bormoqda.
Mavzuga oid
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
23:40 / 30.01.2026
Panama kanali Xitoy kompaniyasidan olib qo‘yildi
20:07 / 30.01.2026