Jahon | 08:31 / 27.07.2017
9710
1 daqiqa o‘qiladi

Putin armiyada xizmat qilishdan bo‘yin tovlaganlarga davlat xizmatida ishlashni 10 yilga taqiqladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin armiyada xizmat qilishdan bo‘yin tovlagan fuqarolarga davlat xizmatida 10 yil davomida ishlashga ruxsat bermaslik haqidagi qonunni imzoladi. Hujjat huquqiy ma'lumot rasmiy portalida e'lon qilingan.

2013 yilda Rossiyada qonun qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra, armiyada qonunlarga zid tarzda xizmat qilishdan bo‘yin tovlagan fuqarolarga davlat xizmatidagi lavozimlarni umrbod egallamaslik belgilab qo‘yilgan.

2014 yilda esa Rossiya Konstitutsiyaviy sudi bu normani bekor qildi. Yangi qonunga ko‘ra, armiyada xizmat qilishdan bo‘yin tovlagan shaxslar bu holat ro‘y berganidan faqatgina 10 yil o‘tib davlat xizmatida ishlash huquqiga ega bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid