Jahon | 10:50 / 28.07.2017
5031
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh harbiy vertolyoti Avstriyada daraxt bilan to‘qnashib ketdi

Amerikaning harbiy vertolyoti Avstriyaning Bergern shahrida majburan qo‘ndi. U daraxt bilan to‘qnashib ketgan. Bu haqda ORF telekompaniyasi xabar bermoqda.

AQSh HHKning Black Hawk va Chinook vertolyotlari Vengriyaga, NATO mashqlarida qatnashish uchun yo‘l olayotgandi. Black Hawk Avstriya hududi ustidan o‘tayotganda daraxt bilan to‘qnashib ketgan, shu sababdan favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi.

Ta'kidlanishicha, bortda yetti nafar amerikalik harbiy bo‘lgan, ular jiddiy jarohat olmadi. Ayni damda Black Hawk Avstriya harbiylari tomonidan qo‘riqlanmoqda. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid