18:40 / 28.07.2017
11060

Inomjon Majidov OTMlarda abituriyentlardan hujjatlarni onlayn tarzda qabul qilish haqida 

Kun.uz tahririyati O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, nafaqat Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, balki boshqa oliy ta'lim muassasalari ham onlayn tarzda abituriyentlar hujjatlarini qabul qilish tajribasini qo‘llashni boshlamoqda. Faqatgina bu alohida fakultetlarda amalga oshirilayapti. 

Foto: Inomjon Majidov

“Onlayn tarzda kiritganda yana bir tekshirib olinmoqda. Hozirgi bosqichda shunday. Bu mas'uliyat juda katta ekani bilan bog‘liq. Agarda u yerdagi biron ma'lumot kimningdir xatosi bilan noto‘g‘ri ketib qolsa, bu kimdir bir yilga vaqtini yo‘qotdi, degani. Shuning uchun 730 ming bo‘lsa, birontasida ham xato qilish mumkin emas. Lekin u texnologiyalar tajriba sifatida o‘tkazilmoqda. Boshqa masalalar ham ko‘rilmoqda. Umuman axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari, arizani onlayn qabul qilish, shaxsni identifikatsiya qilish masalalari ustida ishlanmoqda. O‘ylaymanki, shularni umumlashtirish natijasida, biz to‘liq ishonchimiz komil bo‘lganda, barcha OTMlarda asta-sekin joriy etib kelaveramiz”, - dedi Majidov.

Ma'lumot uchun, Inomjon Majidov bilan intervyuning to‘liq shakli birozdan so‘ng taqdim etiladi.

Top