Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nukusda arzon narxli televizor va konditsionerlar ishlab chiqaradigan korxona ishga tushadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-21-yanvar kүnlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga qilgan safari davomida respublikada eksport potensialini va mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari sohasiga tegishli 18 loyihani amalga oshirish, shu qatori zamonaviy televizor ishlab chiqarish quvvatiga ega yiliga 150 mingta televizor ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan 19 milliard so‘mlik loyihani ishga tushirish bo‘yicha ko‘rsatma bergan edi.
Shu munosabat bilan Nukus shahrida zamonaviy televizor va konditsionerlar ishlab chiqaradigan korxona ishga tushadi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston axborot agentligi xabar bermoqda.
Korxonada Artel, Samsung, Shivaki brendlari asosida yiliga 150 mingta zamonaviy televizor va "Binolarda yasama iqlim yaratadigan Split-sistem" ishlab chiqarish nazarda tutilgan.
Prezident ko‘rsatmasida mahsulotning bahosini arzonlashtirish va ularni eksportga yo‘naltirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, korxona ishiga kollej bitiruvchilarini jalb etish ko‘zda tutilgan. Vazifalarni bajarilishini taminlash maqsadida Nokis RemMash MChJga investitsiyalar kiritish orqali bino ajratilib, jamiyat tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga loyihaning pasporti taklif etildi.
Korxona ishga tushsa, 60 kollej bitiruvchisi yangi ish o‘rniga ega bo‘ladi.
Mavzuga oid
14:08 / 02.03.2026
Ayrim hududlar aholisiga bog‘cha puli kamaytirib beriladi
09:24 / 13.02.2026
Toshkent, Yangi Toshkent va Nukusda kreativ parklar tashkil etiladi
20:22 / 07.12.2025
Nukus va Samarqand YuNESKOning Global ta’lim shaharlari tarmog‘iga qo‘shildi
22:13 / 26.11.2025