08:43 / 29.07.2017
8287

AQSh, Britaniya, Germaniya va Fransiya Eronni qoralab chiqishdi

Foto: © Fotolia

AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya Eronda sun'iy yo‘ldoshli raketa uchirilganini qoralab chiqishdi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti» mamlakatlarning qo‘shma bayonotiga asoslanib.

«Eron Simorgh raketa-tashuvchisini 27 iyulda uchirib, BMT Xavfsizlik Kengashining 2231-sonli rezolyutsiyasiga to‘g‘ri kelmaydigan faoliyat olib borayotganini yana bir karra ko‘rsatdi. Biz bu harakatlarni qoralaymiz. Rezolyutsiya Eronni ballistik raketalar bilan bog‘liq har qanday harakatlardan qochishga chaqiradi. Raketalar shunday loyihalashtirilganki, ular o‘zlarida yadro qurolini olib yurishi mumkin», - deyiladi bayonotda.

Shuningdek, unda aytilishicha, kosmik raketa-tashuvchilar ballistik raketalarni loyihalashtirish bilan uzviy aloqador bo‘lgan texnologiyalarni qo‘llaydi.

Avvalroq Eron Simorgh raketa-tashuvchisini uchirgani xabar qilingandi.

Top