Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Filippinga aksilterrorchilik amaliyotlari uchun qurol-yarog‘ yetkazib berdi
AQSh Filippinga terrorizm bilan kurashda yordam tariqasida qurol-yarog‘ yetkazib berdi. Bu haqda AQShning Maniladagi elchixonasi xabar qilgan.
"O‘q-dori va qurol-yarog‘larning yetkazib berilishi orqali Filippin qurolli kuchlarining aksilterrorchilik imkoniyatlari oshadi hamda shu orqali, Filippin janubi, jumladan, Maravida terrorizm bilan kurash bo‘yicha amaliyotlarda ishtirok etayotgan harbiylar to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlanadi", - deyiladi elchixonaning bayonotida.
Bayonotga ko‘ra, AQSh Filippin armiyasiga 992 ta raketa, 1040 ta raketa dvigatellari yetkazib berdi hamda qo‘shimcha 250 ta raketa granatomyoti va mingta granatomyotni yetkazib berishni rejalashtirmoqda.
Qurol-yarog‘ bilan ta'minlash Amerika-Filippin o‘zaro moddiy va texnik ko‘mak to‘g‘risidagi Kelishuviga asosan amalga oshirilmoqda, deya ta'kidlab o‘tishgan elchixonadan.
Avvalroq Filippin prezidenti “rasvo” Amerikaga hech qachon bormasligini aytgandi.
Mavzuga oid
09:53
Shavkat Mirziyoyev AQShga yetib bordi
08:42
AQSh Kiyevga Yevropada Patriot uchun raketalar ishlab chiqarishga ruxsat bermadi
23:02 / 17.02.2026
AQSh bir sutka ichida Yaqin Sharqqa 50 dan ortiq qiruvchi samolyot jo‘natdi
22:46 / 17.02.2026