Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dollar kursi: Toshbaqa Axillesga qachon yetib oladi?

Joriy haftada dollarning Markaziy bank tomonidan belgilangan rasmiy kursi 27 so‘m 99 tiyinga oshib, 4098 so‘mu 37 tiyin etib belgilandi. O‘tgan haftadagi kurs 27,91 so‘mga oshgan edi.
So‘nggi 6 haftadagi rasmiy kurs oshishi dinamikasiga e'tibor qarating:
27 iyun: +27.99 = 3958.56
04 iyul: +27.95 = 3986.55
11 iyul: +27.95 = 4014.50
18 iyul: +27.97 = 4042.47
25 iyul: +27.91 = 4070.38
31 iyul: +27.99 = 4098.37
Ko‘rib turibsizki, dollarning MB tomonidan belgilagan, biroq o‘zi xarid qilish yo sotish majburiyatini olmagan rasmiy kursi haftasiga deyarli 28 so‘mdan oshib bormoqda.
AQSh dollarining «qora bozor»dagi ayriboshlash kursi esa shu haftalar ichida 8350-8400 so‘m atrofida bo‘lib turibdi.
Rasmiy kurs nimaning evaziga haftasiga o‘rtacha 27,95 tiyindan oshib borayotgani noma'lum. Sanoqni boshlagan kunimiz — 27 iyun sanasidagi 27,99 so‘mlik o‘sish o‘sha kuni belgilangan 3958,56 so‘mning 0,707 foizini tashkil etadi.
Agar kurs haftasiga 0,707 foizdan — o‘zgarmasdan oshib borganida (yiliga bu 37,78 foiz oshishni tashkil etadi) haftasiga o‘sish dinamikasi sof arifmetik progressiyada quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘lar edi.
27 iyun: 3958.56
04 iyul: +27.99 = 3986.55
11 iyul: +28.39 = 4014.74
18 iyul: +28.58 = 4042.89
25 iyul: +28.78 = 4071.05
31 iyul: +28.98 = 4099.16
Agar shu vaziyat o‘zgarmasa, o‘sish haftasiga bir marta — 0,707 foizdan davom etsa, faqat 2020 yilning 6 yanvariga borib rasmiy kurs 10 ming so‘mlik dovondan o‘tar ekan. O‘sha kuni haftalik o‘sish 70 so‘m 41 tiyinni tashkil etadi.
Yarim yil oldinroq — 2019 yilning 8 iyulida esa hozirgi «qora bozor» kursi — 8350 so‘mlik marraga yetib olinadi.
Haftalik kurs foiz hisobida emas, hozirgidek o‘rtacha 27 so‘mu 95 tiyindan oshib borganda-chi? Albatta, bu holda 8350 so‘mlik va 10 ming so‘mlik dovonga yetish uchun muddat uzayadi.
Sh.Shokirjonov tayyorladi
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Interpol qidiruvida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini AQShda qo‘lga oldi
Jamiyat | 20:02
-
5 daqiqalik budjet odatlari: oila bilan pulni boshqarishni o‘rganamiz
Iqtisodiyot | 19:54
-
Alisher Sultonov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi
O‘zbekiston | 19:22
-
Aziz Mag‘rupov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi
O‘zbekiston | 19:15
Mavzuga oid

23:00 / 28.06.2025
Rossiya bosqiniga 160 yil, pensiya yoshini oshirish taklifi va administratsiyada o‘zgarishlar - hafta dayjesti

22:56 / 20.06.2025
So‘m 5 kunda 2 foizga mustahkamlandi. Bunga nimalar ta’sir qilyapti?

16:29 / 19.06.2025
So‘m dollarga nisbatan 4 kunda qariyb 1,6 foizga mustahkamlandi

18:57 / 10.06.2025