Sport | 19:04 / 31.07.2017
11968
2 daqiqa o‘qiladi

Venger: «O‘zil shartnomani uzaytirmasa bundan xursand bo‘laman»

«Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger bir yildan keyin erkin agentga aylanishi mumkin bo‘lgan futbolchilar, jumladan Mesut O‘zil va Aleksis Sanches haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

- O‘zil bu yozda shartnomani uzaytirmasa, siz bundan xursand bo‘lasizmi?

- Ha, xursand bo‘laman. Kelgusida bunday vaziyatga tushmaymiz deb umid qilaman. Hozirda hatto o‘rtamiyona futbolchilarning ham narxlari juda baland. Vaqti kelib futbolchilarning ko‘pchiligi yangi mavsumni bir yillik shartnomasi qolgan holda boshlashini ko‘ramiz. Klublar ularga ikki baravar to‘lashni istamaydi. Ishonamanki, 10 yil ichida bu oddiy holatga aylanadi.

- Agar bir yildan keyin «Arsenal»ni 8 futbolchi erkin agent sifatida tark etsa, bu muammo tug‘dirmaydimi?

- Yo‘q, muammo bo‘lmaydi. Aksincha, menimcha  shunisi yaxshi bo‘ladi. Agar professional bo‘lsang, shartnomang muddati qancha qolganidan qat'i nazar uni bajarib qo‘yish kerak bo‘ladi. Sizningcha futbolchi o‘yindan avval o‘tirib shunday o‘ylaydimi: «Menda bir yillik shartnoma qolgan — bugun yaxshi o‘ynamasammikin»? Shunday bo‘ladimi? Futbolchi o‘ynashni, yaxshiroq o‘ynashni istaydi».

Bir yildan keyin O‘zildan tashqari «Arsenal»ning 7 futbolchisi – Aleksis Sanches, Santi Kasorla, Aleksa Oksleyd-Chemberlen, Jyek Uilsher, Kiran Gibbs, Per Mertesakar va Mate Debyushining shartnomasi muddati tugaydi.

Mavzuga oid