Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Venesuela prezidentiga qarshi sanksiya e'lon qildi
Foto: AP
Amerika Qo‘shma Shtatlari Venesuela prezidenti Nikolas Maduroga qarshi «demokratiyaga putur yetkazganligi» uchun sanksiyalar e'lon qildi. Bu haqda AQSh moliya vazirligining tarqatgan ma'lumotiga tayanib, RIA Novosti xabar qilmoqda.
Sanktsiyalarga muvofik, Maduroning AQSh yurisdiksiyasi ostidagi barcha aktivlari muzlatiladi, AQSh fuqarolariga esa u bilan ishlash taqiqlanadi.
AQShning ilgariroq e'lon qilingan bayonotiga ko‘ra, ular Venesuela Milliy ta'sis yig‘ilishiga saylovlar o‘tkazilishiga keskin qarshi bo‘lgan va agar saylovlar o‘tkazilgudek bo‘lsa «qat'iy iqtisodiy choralar» ko‘rish bilan tahdid qilingan edi.
Yakshanba kuni Venesuelada Milliy ta'sis yig‘ilishiga saylovlar bo‘lib o‘tdi va kutilishicha u mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bilan shug‘ullanadi. Bu organni chaqirish Nikolas Maduro tashabbusi bilan amalga oshirildi. Muxolifat ta'sis yig‘ilishi chaqirilishi masalasi referendum orqali hal qilinishi kerakligini pisanda qilib, saylovlarni tan olgani yo‘q. Saylovlar insonlarning qurbon bo‘lishiga sabab bo‘lgan mamlakatdagi ommaviy noroziliklar sharoitida bo‘lib o‘tgan. Deputat Enri Ramosning bildirishicha, shanba va yakshanba kunlari bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlarida kamida 16 kishi o‘ldirilgan.
Mavzuga oid
23:02 / 17.02.2026
AQSh bir sutka ichida Yaqin Sharqqa 50 dan ortiq qiruvchi samolyot jo‘natdi
22:46 / 17.02.2026
Epshteyn bilan aloqalari uchun karerasi barbod bo‘lgan odamlar sanaldi
18:18 / 17.02.2026
Urush xavfi kuchayayotgan bir paytda AQSh va Eron yadroviy muzokaralari boshlandi
13:21 / 17.02.2026