Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat byudjyetiga 1-yarim yillikda eng ko‘p daromad qo‘shilgan qiymat solig‘idan kelib tushdi
O‘zbekiston Moliya vazirligi 2017 yilning 1-yarim yilligi uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjyetining ijrosi haqida ma'lumot berdi.
Unga ko‘ra, respublikaning daromadlari (maqsadli jamg‘armalarsiz) jami 22 458,9 mlrd so‘mga teng bo‘lgan. Jismoniy shaxslar daromadiga soliq miqdori 2 317,1 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, bilvosita soliqlar ichida qo‘shilgan qiymat solig‘i 6 433,4 mlrd so‘mga teng. Yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq esa 1 284,9 mlrd so‘mni tashkil qildi.
Shu bilan birga, davlat byudjyeti xarajatlari 22 350,6 mlrd so‘mga teng bo‘ldi. Shundan maorif sohasiga – 7 751,5 mlrd so‘m, sog‘liqni saqlashga – 3 000,4 mlrd so‘m, ijtimoiy nafaqa, moddiy yordam va kompensatsiya pul to‘lovlariga 1 120,6 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.
Davlat byudjyeti profitsiti 108,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Mavzuga oid
21:32 / 01.05.2026
Aholi daromadlarining oshishi sekinlashdi. Poytaxt va hududlar o‘rtasidagi tafovut yanada kattalashgan
12:47 / 25.04.2026
Uoll-stritda rekord daromad qayd etildi
12:22 / 25.03.2026
Davlat budjetining 2025 yildagi ijrosi. Defitsit – 39 trln so‘mgacha qisqardi
16:45 / 13.03.2026