Sport | 19:18 / 01.08.2017
11144
2 daqiqa o‘qiladi

«Paxtakor» ingliz futbolchisi bilan muzokara o‘tkazayotganini tasdiqladi

Avstraliya chempionatining «Pyort Glori» jamoasi a'zosi Rostin Griffits faoliyatini Toshkentning «Paxtakor» klubida davom ettirishi haqiqatga yaqin. Ushbu futbolchi bilan muzokaralar olib borilayotgani haqidagi xabar klub matbuot xizmati tomonidan tasdiqlangan.

«Ayni kunlarda jamoamiz tarkibiga osiyolik futbolchini qo‘shib olish yuzasidan muzokara olib bormoqda. Avstraliya A ligasida «Pert Glori» safida o‘ynayotgan yarim himoyachi bilan klubimiz muzokaralarga kirishgan. Har ikki tomon kelishuvga erishgan taqdirda shartnomaga imzo chekiladi va Griffits faoliyatini jamoamizda davom ettiradi», deyilgan xabarda.

Bundan oldinroq ushbu ingliz futbolchisi faoliyatini O‘zbekiston chempionati jamoalaridan birida davom ettirishi mumkinligi, unga 600 ming dollar miqdoridagi yillik maosh taklif qilingani haqida xabar berilgandi.

Ma'lumot o‘rnida, ushbu yarimhimoyachi faoliyatini «Blekbern Rovers» jamoasida boshlagan. So‘ngra, Shotlandiyaning «Gretna», Angliyaning yana bir jamoasi  «Akkrington Stenli»,  Niderlandiyaning «Roda»,  Avstraliyaning «Adelaida Yunayted», «Sentral Kost Mariners», «Nort Kvinslend Furi» va «Pert Glori» jamoalarida to‘p surgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid