Jahon | 13:59 / 01.08.2017
19305
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalar to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar vitse-prezidenti Mayk Pens ma'lum qilgan.

«Prezident Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritish to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi va u tez orada kuchga kiradi. Biz ular bekor qilinishini istaymiz, biroq, bu Rossiya o‘ziga olgan majburiyatlarni bajarsagina ro‘y berishi mumkin. Afsuski, Rossiyaning so‘nggi diplomatik qadamlari buning teskarisidan dalolat bermoqda», - deya Pensning Tbilisida jurnalistlar oldida aytgan gaplarini keltiradi «Interfaks».

Avvalroq Germaniya iqtisodiyot vaziri Brigitt Tsipris AQShning Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarini xalqaro huquqni poymol qilish deb baholagandi.

Ikkinchi sovuq urush nafasi: Putin javob yurishini amalga oshirdi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid