Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bavariya» yozgi o‘yinlarda «Napoli»ga ham yutqazdi
«Napoli» o‘rtoqlik uchrashuvlari doirasida «Audi Kap» turnirining uchinchi o‘rni uchun kechgan bahsda «Bavariya»ni mag‘lubiyatga uchratdi. Myunxendagi «Alyants-Arena» stadionida kechgan uchrashuv italyanlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yinning 14-daqiqasida «Napoli» Kalidu Kulibalining goli evaziga hisobni ochdi, o‘yinning ikkinchi bo‘limida Emanuel Jakkerini jamoasi ustunligini oshirdi. O‘yinning qolgan qismida hisob o‘zgarmasdan qoldi.
«Audi Kap» finalida «Liverpul» «Atletiko» bilan o‘ynaydi.
Turnir yarim finalida Karlo Anchelotti shogirdlari «Liverpul»ga 0:3 hisobida yutqazgandi.
Umuman olganda myunxenliklar jamoasi mavsumoldi tayyorgarlik yig‘ini doirasida o‘tkazilgan 6ta o‘rtoqlik uchrashuvidan 5tasida mag‘lub bo‘ldi. Bungacha «Bavariya» «Arsenal» (1:1, 2:3), «Milan» (0:4), «Inter» (0:2) jamoalariga mag‘lub bo‘lgan, «Chelsi» ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozongandi.

Audi Cup
Uchinchi o‘rin uchun o‘yin
Napoli – Bavariya 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 14 Kulibali, 2:0 – 55 Jakkerini.
Napoli – Sepe (Rafael, 46), Madjo (Xyusay, 61), Gulyam (Mariu Ruy, 46), Kulibali, Maksimovich (Kirikesh, 61), Hamshik (Jakkerini, 46), Kallejon (Jorjino, 61), Mertens (Pavoletti, 78), Insine (Rog, 46), Zelinski (Milik, 78), Diavara (Allan, 62).
Bavariya – Fryuxtl, Zyule (Avudja, 78), Fridl, May, Vidal (Tolisso, 64), Rudi (Fayn, 77), Koman (Riberi, 64), Kimmih, Sanshesh, Tillmann, Vintsxaymer (Tsrnichki, 64).
Ogohlantirishlar: Jorjino (73), Mertens (74), Rog (77).
Mavzuga oid
14:09 / 09.02.2026
«Real» chempionlik poygasida qoldi, «Inter», «Bavariya» va «PSJ» raqiblarini yo‘q qilmoqda
13:37 / 29.01.2026
Lissabonda drama. Darvozabon «Real»ga gol urib, jamoasini pley-offga olib chiqdi
12:32 / 22.01.2026
«Barsa»da kambek, «Qorabog‘»da yana g‘alaba. Kun o‘yinlari
05:33 / 27.11.2025