Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dow Jones indeksi tarixda birinchi marta 22 minglik punktdan oshib ketdi
Foto:AP Photo/Richard Drew
Dow Jones indeksi 2 avgust kuni tarixda ilk marotaba 22 minglik punktdan oshib ketdi. CNN telekanalining ta'kidlashicha, Donald Trampning o‘tgan yil noyabrdagi prezidentlik saylovlarida g‘alabasidan keyin indeks 3,6 ming punktga o‘sgan.
Telekanalning ta'kidlashicha, fond bozorining joriy dinamikasi Apple, Boeing, McDonald's va Facebook kabi yirik kompaniyalar oxirgi kunlarda ijobiy choraklik hisobotni taqdim qilganlari bilan bog‘liq.
“Investorlar asosiy masala Vashingtonda siyosiy bo‘ron avj olyaptimi-yo‘qligida emas, balki bularning barchasi AQSh kompaniyalari daromadlariga qanday ta'sir o‘tkazishida ekanligini anglaydilar. Bu masalaga javob: qoidaga ko‘ra, juda oz ta'sir qiladi”, deb aytgan JPMorgan Funds tahlilchisi Devid Kelli.
Uning fikricha, «investorlar Dow Jones 22 minglik punktga yetgani sababli bo‘shashmasliklari kerak”.
Mavzuga oid
22:51 / 22.12.2025
Investorlar 2026 yilda ham dollar kursining pasayishini kutmoqda – OAV
18:31 / 16.11.2022
«O‘zbekistonda biznesingiz muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun barcha choralarni ko‘ramiz» - Shavkat Mirziyoyev
20:52 / 09.06.2021
Yirik investorlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri yer ajratish davom etadi. Adliya vaziri izoh berdi
23:00 / 09.12.2019