“Dunyo” AA xabar berişiça, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotlariga köra, yiğilişning asosiy mavzusi vençur va private equity (xususiy kapital) bozorini tartibga solişga doir yangi qonun loyihasi böldi.
Muhokamalarda vençur fondlari vakillari, xalqaro moliya institutlari, kengaşga a’zo global kompaniyalar, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari hamda tegişli vazirlik va idoralar rahbariyati iştirok etdi.
Qayd etilişiça, qonun loyihasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) bilan hamkorlikda, şuningdek qator ixtisoslaşgan kompaniyalar va xalqaro ekspertlar jalb etilgan holda işlab çiqilmoqda.
Hujjatda private equity va vençur fondlari tuşunçalarini qonunçilikka kiritiş, xalqaro amaliyotda tan olingan tuzilma va instrumentlarni joriy etiş, şuningdek soliq solişda “şaffof” tamoyillarni nazarda tutiş rejalaştirilgan.
Ekspertlar fikriça, mazkur qonun qabul qilinişi xalqaro investorlar uçun Özbekiston bozorining jozibadorligini oşirişi, şu bilan birga mamlakatda innovatsion ekotizimni yangi bosqiçga olib çiqişi mumkin.













