Davlat rahbari yiğilişda sözlar ekan, xorijiy investorlarga teng va adolatli şaroit yaratiş böyiça Özbekiston xalqaro majburiyatlarni zimmasiga olişda yangi qadamlar taşlayotganini ta’kidladi.
Prezidentning qayd etişiça, Xorijiy investorlar kengaşi sönggi yillarda oddiy maslahat mexanizmi emas, balki Yangi Özbekiston bilan jahon investitsiya hamjamiyati örtasidagi işonçli muloqot va amaliy islohotlar maydoniga aylangan.
Yiğilişda investorlar tomonidan ötgan yil ilgari surilgan 21 ta taşabbus böyiça aniq yeçimlar qabul qilingani ma’lum qilindi. Davlat rahbari investorlarning takliflari davlat siyosatida özining amaliy ifodasini topayotganini ta’kidladi.
Jumladan, Soliq kodeksiga investorlar uçun qulay özgartişlar kiritildi, kompaniyalar örtasidagi içki qarz bitimlari moliyaviy nazoratdan çiqarildi, asosiy vositalarni tezlaştirilgan tartibda amortizatsiya qiliş huquqi berildi. Şuningdek, xalqaro standartlar asosida hisobot yurituvçi xorijiy kompaniyalar uçun bir qator majburiy talablar bekor qilindi.
Bundan taşqari, «Muqobil investitsiya jamğarmalari töğrisida»gi qonun loyihasi işlab çiqildi, mas’uliyatli biznes yuritiş standartlarini joriy etiş hamda 16 ta texnik reglamentni xalqaro me’yorlarga muvofiqlaştiriş dasturi tayyorlandi.
Ma’lumot uçun, Xorijiy investorlar kengaşi iştirokçilari soni ötgan bir yil davomida 54 tadan 85 taga yetgan. Bugun kengaş tarkibida iqtisodiyotning 23 ta tarmoğini qamrab olgan yirik xalqaro kompaniyalar, şuningdek, Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro moliya korporatsiyasi faol iştirok etmoqda.








