Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kun.uz tadqiqoti: Samarqandda go‘sht mahsulotlari aholiga qanchadan taklif etilmoqda?
Go‘sht narxining yurtimiz bo‘ylab keskin oshishidan avval Samarqand shahrida go‘shtlar qassobxonalarda sifati va turiga qarab kilosi 25–27 ming so‘mdan sotilayotgan edi. Samarqand shahrida ahvol qanaqaligini bilish uchun shahardagi markaziy bozorlar va supermarketlar bo‘ylab kichikroq tadqiqot uyushtirdik.
So‘g‘diyona dahasidagi «Damariq» bozorida va unga yondosh qassobxonalarda mol go‘shtning kilogrammi 32–35 ming so‘mdan sotilmoqda. Bu ichida suyagi bor go‘sht. Suyaksiz, lahm go‘shtning bahosi 38–40 ming.
Shahar markazidagi «Marmar» bozorda sifati haminqadar bo‘lgan go‘shtning bir kilogrammi 32 ming so‘mdan narxlab qo‘yilgan. Lahm go‘shtni esa qassob 38 mingdan o‘lchab berishga rozi. Shu bozorda tovuq go‘shti 22 ming so‘mdan sotilmoqda.

Shahardagi eng yirik bozor — «Siyob» bozorida rastada, muzlatkichsiz, oftobda qoq bo‘lishga ulgurgan, antisanitariya holatida sotilayotgan sifatsizroq mol go‘shtning narxini 28 ming so‘m deyishdi. (Elektron tarozining narx ko‘rsatkichida 32 raqami turganidan, bu lahm go‘shtning narxi bo‘lsa kerak, degan taxminga bordik).
Bozordagi muzlatkichli go‘sht rastalarida mol go‘shtining suyaklisi 32–34 mingdan, lahm go‘sht 38-40 ming so‘mdan sotilmoqda. Qo‘y go‘shtining kilosi 30 ming deyildi.
«Siyob» bozorida tovuq go‘shti 21 ming so‘mdan, tuxumlar katta kichikligiga qarab 300–500 so‘m atrofida sotilmoqda.

Mol go‘shtining narxi borasida ayrim tumanlardan ham ma'lumot olishga muvaffaq bo‘ldik. Urgutda go‘shtning kilogrammi sifatiga qarab 32 mingdan 35 ming so‘mgacha sotilmoqda. Past Darg‘om tumani markazi Juma shahri dehqon bozorida joyi, suyakli go‘shtning sifati, xarid qilayotgan odamiga qarab 32–35 ming so‘m oraligida sotilmoqda. Narpay tumanining Mirbozor qo‘rg‘onida go‘sht 27–28 ming so‘mdan savdoga chiqarilmoqda.
Samarqand shahridagi yirik supermarketlarda go‘sht qanchadan sotilmoqda? Albatta, bozorlar va qassobxonalardan farqli o‘laroq, bu yerdan go‘shtni naqdsiz pulga — plastik kartochkalarga xarid qilish mumkin.
«Korzinka.uz» supermarketida mol go‘shti kilogrammi 31.000 dan 47.290 so‘mgacha, qo‘y go‘shti 33290 so‘mdan 36590 so‘mgacha savdoga chiqarilgan.
«Makro» supermarketida mol go‘shti kilosi 33.490 so‘mdan 44.000 so‘mgacha, qo‘y go‘shti esa 30000 so‘mdan 32500 so‘mgacha sotilmoqda.
«Faravon.uz» supermarketida mol go‘shti xaridorlarga kilosi 33.490 so‘mdan 44.000 so‘mgacha, qo‘y go‘shti esa 29000 so‘mdan 32000 so‘mgacha taklif etilmoqda.
Muxtasar qilib aytilganda, yangi so‘yilgan, sifatli, ko‘rinishi ishtahatortar, suyakli go‘shtning bir kilogrammini Samarqand qassobxonalarida 35 ming so‘mga taklif etishmoqda. Shahardagi supermarketlarda shunday sifatdagi go‘shtni 38–40 ming so‘mga olasiz. Suyaksiz, lahm go‘shtning eng sifatlisi qassoblarda 40.000 so‘m, supermarketlarda — 44 ming.
O‘z muxbirimiz.
Mavzuga oid
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
17:45 / 05.06.2026