Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda 16 ming dollarga o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilgan universitet o‘qituvchilari qo‘lga olindi
Universitet o‘qituvchilari Umidjon Abdurahmonov va Orifjon Mamatqulovlar (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) oliy ma'lumotli, obro‘li kishilar. Qolaversa, O.Mamatqulov abituriyentlar haqida ma'lumotlarni Davlat test markaziga kiritish, test qaydnomalari, hujjatlari va materiallarni tayyorlab beruvchi kompyuterchilar guruhining a'zosi. Uning aynan shu lavozimda ishlashi qo‘lini sovuq suvga urmay mo‘may daromad topishi uchun o‘ziga xos yo‘l ochdi, deb yozmoqda “Huquq” gazetasi.
U bunday imkoniyatdan foydalanib qolish uchun U.Abdurahmonov bilan xufiyona reja tuzdi. Shu maqsadda universitet talabasi Elbek Ergashevni ham o‘ziga sherik qilib oldi. Shunday fursat kelgach, ikki ota-onadan farzandini o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 16 ming AQSh dollari talab qildi.
Bu ishning jinoyat ekanini anglagan ota-onalar bu haqda Samarqand viloyat huquq-tartibot idoralariga xabar berishdi. Natijada O.Mamatqulov, U.Abdurahmonov va E.Ergashev bir fuqarodan 6 ming, ikkinchisidan 9 ming 900 AQSh dollari olayotgan paytda ularning jinoyati fosh etildi.
Mazkur ish jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida ko‘rib chiqilib, uchovlon O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi.
Mavzuga oid
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
18:29 / 13.06.2026
Toshkentda fuqarodan ming dollar talab qilgan tuman gaz ta’minoti bo‘limi xodimi ushlandi
15:47 / 13.06.2026