Tillerson Shimoliy Koreya va Rossiya bilan munosabatlar haqida fikr bildirdi
AQSh va boshqa davlatlarning Shimoliy Koreya bilan muzokaralar o‘tkazishi sharti shundan iboratki, Pxenyan yadroviy qurolga egalik qilish g‘oyasidan voz kechishi kerak. Bu haqda AQSh davlat kotibi Reks Tillerson ma'lum qildi.
”Fikrimizcha, maqbul yondashuv – Shimoliy Koreyadagi tuzumga tinchlik yo‘li bilan bosim o‘tkazishdir. Ular biz va boshqa davlatlar bilan muzokaralar boshlash istagini bu muzokaralarni boshlash uchun shart Shimoliy Koreya yadroviy qurolga yoki uni mintaqadagi qayerga bo‘lmasin yetkazish imkoniyatiga ega bo‘ladigan kelajak yo‘qligini anglagan holda namoyon qilishi kerak”, deb aytgan Tillerson jurnalistlarga.
29 iyulga o‘tar kechasi Shimoliy Koreya Yapon dengizidagi Xokkaydo oroli tomon yangi ballistik raketa uchirgani haqida xabar paydo bo‘ldi. Raketa Chagando tog‘li viloyatidan uchirilgan.
Janubiy koreyalik harbiylarning ma'lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreyaning yangi raketasi taxminan ming kilometr uchib, 3,7 ming kilometrlik maksimal balandlikka erishgan.
Tillerson, shuningdek, Rossiya va AQSh munosabatlari tarang holdaligini va kelgusida yomonlashishi mumkinligini aytdi.
“Siz bilgandek, Rossiya bilan munosabatlar yetarlicha tarangdir», deb aytgan Tillerson.
U Moskvaga yaqinda bo‘lib o‘tgan safari davomida o‘zaro munosabatlar «tarixiy minimum” darajada ekanligini aytganini eslab o‘tdi.
“Bu munosabatlar yanada yomonlashishi mumkin”, deb qo‘shimcha qilgan Tillerson.
Mavzuga oid
22:30 / 15.11.2024
Tramp jamoasi bilan Ukrainadagi urush tezroq tugaydi - Zelenskiy
19:22 / 15.11.2024
Amerikalik harbiy xizmatchilar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari ortdi
21:21 / 14.11.2024
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
16:56 / 14.11.2024