1 avgust kuni Özbekistondagi barça oliy ta'lim muassalariga öqişga qabul qiliş uçun test sinovlari bölib ötdi. 

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi ma'lumotiga köra, joriy yilda mamlakatimiz oliy ta'lim muassasalariga 729 ming 947 abituriyent hujjat topşirgan. Bu 1 öringa örtaça 10,9 abituriyentni taşkil etadi. 

«Kun» muxbirlari Yuridik universitet, Toşkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Özbekiston Milliy universitetda bölib, jarayonni yoritişdi.

Bu yilgi imtihonlarda oliygohlarda şaffoflikni ta'minlaş çoralariga alohida e'tibor qaratildi. Xususan, Toşkent davlat yuridik universitetiga kiriş imtihonlari butunlay yangiça şaklda taşkil etildi. 

Bu yil davlat test imtihonlarida şaffoflikni ta'minlaş va adolat mezonlariga sözsiz amal qilişga erişiş maqsadida «Özekspomarkaz»ning 6ta binosida axborot texnologiyalaridan keng foydalanildi. Pavilonlarda 75ta videokuzatuv kameralari örnatildi, ular orqali imtihon jarayoni jonli efirda uzatib borildi. 

Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov universitetga kiriş imtihonlari jarayonini kuzatiş uçun taşrif buyurdi. Unga Toşkent şahar hokimi Rahmonbek Usmonov hamrohlik qildi. Boş vazir test sinovlari ötkazilayotgan xonalar va jarayon bilan yaqindan tanişgan. Tegişli rahbarlarga körsatmalar bergan. Bundan taşqari, Abdulla Aripov Özbekiston Milliy universitetiga ham taşrif buyurgan. Boş vazir u yerda ham ötkazilayotgan imtihonlar jarayoni bilan tanişdi. 

Bu yilgi imtihonda tekşiriş, kuzatiş va nazorat işlariga Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi xodimlari, içki işlar xodimlari, bojxona, prokuratura, milliy xavfsizlik xizmati hamda universitet xodimlaridan iborat guruhlar jalb qilindi. Abituriyentlar ikki tartibda taşqi va içki nazoratdan ötkazildi.

Taşqi nazoratda abituriyentlar 3 bosqiçda tekşiruvdan ötkazildi. Maxsus zamonaviy tekşiruv jihozlaridan tortib har bir abituriyent mas'ullar tomonidan individual tekşiruvdan ham ötkazildi. Yonidan taqiqlangan buyumlar topilgan abituriyentlar imtihondan sözsiz çetlaştirildi. «Özekspomarkaz» hududida bu haqda abituriyentlarni ogohlantiruvçi bannerlar qöyildi. Oçiq hududda «Şpargalka, valyuta va boşqa buyumlarni öz ixtiyoringiz bilan topşirişingiz kerak. Tegişli xodimlar tomonidan topilsa, dalolatnoma tuziladi va testdan çetlatilasizlar», deya e'lon berib borildi. Abituriyentlar juda jiddiy tarzda nazoratdan ötkazildi, ularning hattoki oyoq kiyimlari ham yeçilib, tegişli tartibda tekşirildi.