Jahon | 15:40 / 03.08.2017
6575
2 daqiqa o‘qiladi

Ostonada Plasido Domingoga ham chopon kiydirishdi

Italiyalik opera qo‘shiqchisi Plasido Domingo amerikalik aktyor Nikolas Keyjdan so‘ng qozoqlar milliy libosini kiyib ko‘rdi. U shu holat tasvirlangan fotosuratini instagramdagi sahifasida joyladi.

Domingoning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston – ajoyib davlat.

Artist “Ostona Opera” teatri sahnasida “Traviat”da o‘ynadi. Shuningdek, u Ekspo ko‘rgazmasiga ham tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda “Kazinform”.

Mashhur opera qo‘shiqchisiga qozoqlar choponini sovg‘a qilishgan.

Avvalroq Keyjning chopondagi tasviri memlar yulduziga aylangani xabar qilingandi. Shuningdek, Qozog‘iston axborot va kommunikatsiyalar vaziri Dauren Abayev internetda mashhur bo‘lib ketgan, aktyor egnidagi kabi choponni vazirlikning barcha mehmonlariga sovg‘a qilishga va'da bergandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid