Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida bir haftada 125 ta jinoyat qayd etildi
Toshkent viloyatida 2017 yil 30 iyuldan 3 avgustgacha bo‘lgan muddatda jami 125 ta jinoyat sodir etilgan. Shundan 110 tasi "izi yo‘qolmasdan" fosh etilgan va tezkor-tergov harakatlari olib borilmoqda. Fosh etilmagan 13 ta o‘g‘irlik, 1 ta badanga shikast yetkazish, 1 ta talonchilik jinoyatlari bo‘yicha aybdorlarni qidirib topish va ularni qonun doirasida javobgarlikka tortish borasida barcha choralar ko‘rilmoqda. Bu haqda viloyat IIBda tashkil etilgan matbuot brifingida ma'lum qilindi.

Umuman, sojir etilgan jiinoyatlar tahlil etilganda, ularning 3 tasi qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, 31 tasi o‘g‘irlik, 8 ta firibgarlik, 1 ta talonchilik, 4 ta giyohvandlik, 12 ta iqtisodiy va 66 ta boshqa turdagi jinoyatlarni tashkil etishi ma'lum bo‘lgan.
Shu bilan birga, hafta davomida olib borilgan tadbirlar natijasida qidiruvda yurgan 33 nafar shaxslar ushlandi. Ilgari sodir etilib, ochilmagan 12 ta o‘g‘irlik jinoyatlari fosh etildi.

Mavzuga oid
20:20 / 03.10.2019
Toshkent viloyati IIB boshlig‘iga yangi o‘rinbosar tayinlandi
21:22 / 06.09.2019
Toshkent viloyatida jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamagan haydovchilar “AUTO CON” moslamasi yordamida aniqlanmoqda
13:42 / 31.12.2018
Toshkent viloyati IIBning bir guruh faxriylari nafaqaga kuzatildi
10:47 / 19.04.2018