Toşkent viloyati IIB YHXB majlislar zalida bayram arafasida yillar davomida uzoq va samarali mehnat qilib, özining halolligi va fidoyiligi bilan yoş kadrlarga örnak bölib, harakat xavfsizligini ta'minlaş sohasida xizmat olib borgan bir guruh xodimlar tantanali ravişda nafaqaga kuzatildi.

«Nafaqaga kuzatiş marosimini kuzatar ekanmiz, ketayotgan xodimlar özi yillar davomida samarali mehnat qilib kelgan kasbidan uzoqlaşa olmayotgani, vatan ravnaqi va xalq osoyiştaligi yölida umrining oxirigaça xizmatga tayyor ekanliklari ularning sözlaridan sezilib turardi», deyiladi Toşkent viloyati IIB matbuot xizmati xabarida.

Öz örnida, ularning örni yoş kadrlar bilan töldirilgan. YHX xizmatiga qabul qilingan yoş xodimlar ham tadbirda iştirok etişgan.

«Tadbir davomida, sözga çiqqan yoş xodimlardan safdor Jumanov Abrorjon Vahobjon öğlining sözlari barça xodimlar könglini bir qalqitib ötdi.

Uzoq yillar davomida xizmat qilgan xodimlar uning otasi marhum sobiq YPX inspektori Vahobjon Nuritdinovni eslab ötişdi.

Ha, öşa 2004 yilning mart oyining maş'um voqealari, xalq osoyiştaligi yölida jonini qalqon qilgan xodimning öğli bugun ota kasbini egallab turibdi», deyiladi xabarda