Joriy yilning 12 mart kuni kelib tuşgan xabarga köra, Toşkent viloyati Ohangaron tumani hududidan ötgan “Toşkent - Öş” va “A-373 Guliston - Öş” magistral avtomobil yölida içki işlar organlari xizmat kiyimida şubhali “soxta yöl harakati xavfsizligi xizmati xodimi” xizmat olib borayotganligi haqida xabar kelib tuşadi. Bu haqda Toşkent viloyati IIB KUN.UZ’ga xabar bermoqda.
Viloyat Içki işlar boşqarmasi Öz xavfsizligi bölimi va Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tadbir davomida “A-373 Guliston - Öş” magistral avtomobil yölining 124-çaqirimida, yöl çetida “Neksiya” rusumli 10 Z 276 MA davlat raqam belgili avtomaşina old yölovçi örindiğida içki işlar organlari xizmat kiyimida bölgan şaxsdan özini taniştiriş söralganida, xodimlarning qonuniy talablarini bajarmasdan ularga qarşilik körsatib, fuqarolik kiyimida bölgan haydovçi avtomaşinani katta tezlikda Ohangaron şahri yönalişida boşqarib, qoçib ketadi.
Içki işlar xodimlarining sa'y-harakatlari bilan avtomaşina töxtatilib, tekşirilganda, haydovçi Angren şahar Nurobod qörğonida yaşovçi S.J. avtomaşinani tegişli xujjatlarsiz, mast holatda boşqarganligi, yonida bölgan “soxta yöl harakati xavfsizligi xizmati xodimi” Ohangaron tumanida yaşovçi X.X. ekanligi aniqlandi.
Ulardan içki işlar organlari xodimlarining buşlati, Yöl harakati xavfsizligi inspektori jileti va jyezla tayoqçasi olindi.
Suriştiruvlar mobaynida uşbu şaxslar ilgari içki işlar organlarida bir muddat xizmat olib borişganligi, özlarining salbiy xatti-harakatlari sababli xizmatdan böşatilganligi, xizmatdan böşatilgandan keyin ham içki işlar organlari xodimi libosini kiyib sodir etgan jinoiy qilmişlari uçun sudlanganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan X.X. va S.J.lar özlariga tegişli jazoni olişadi.
















