Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Komilov Yaponiya tashqi ishlar vaziriga maktub yo‘lladi
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Taro Kononi Yaponiya tashqi ishlar vaziri lavozimiga tayinlangani bilan tabriklab maktub yo‘lladi.
“O‘tgan davr mobaynida mamlakatlarimiz o‘rtasida ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarning barcha jabhalari bo‘yicha 2002 yilda qabul qilingan Do‘stlik, strategik sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot ruhida ochiq va samarali siyosiy muloqot o‘rnatilganini alohida mamnuniyat bilan ta'kidlashni xohlardim”, - deyiladi Komilovning maktubida.
Ta'kidlanishicha, 2015 yilning oktabr oyida Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening O‘zbekistonga rasmiy tashrifining muvaffaqiyatli o‘tishi O‘zbekiston-Yaponiya munosabatlarining yuqori darajada ekanligini yana bir bor ko‘rsatdi hamda ikki tomonlama hamkorlikni bundan buyon ham rivojlantirishga yangicha sur'at baxsh etdi.
“Biz janob Sindzo Abening O‘zbekistonga tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida ahamiyat qaratamiz va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi oliy darajadagi siyosiy muloqotning yanada rivojlanishi, ko‘p qirrali hamkorligimizni amaliy mazmun bilan boyitish tarafdorimiz”, - deyiladi tabrik maktubida.
Komilovning ishonch bildirishicha, Taro Kononing ko‘magida O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi an'anaviy do‘stlik munosabatlari va strategik sheriklik ikki davlat xalqlari farovonligi yo‘lida kelajakda ham har tomonlama rivojlanadi.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026
Dunyodagi eng mashhur 10 ta avtomobil brendi nomi e’lon qilindi
08:33 / 04.06.2026