Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda abituriyentlardan yarmi test imtihonlaridan o‘ta olmadi
Tojikistonda oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan 96 ming 541 abituriyentdan yarmi – 48 ming 734 nafari o‘qishga kira oldi. Qolgan yarmi esa test imtihonlaridan o‘ta olmagan.
Mamlakatning milliy test markazi direktori Xurshed Ikromiyning 4 avgustda jurnalistlarga ma'lum qilishicha, birinchi bosqichda olingan ballar natijalariga ko‘ra 69,2 ming abituriyent ta'lim muassasalariga taqsimlash uchun o‘tkazilganlar. Biroq ulardan 20 ming 466 nafari tanlangan mutaxassisliklar bo‘yicha testdan o‘ta olmagan.
Ikromiyning aytishicha, ularda talaba bo‘lish uchun hali imkoniyat bor: mamlakat OTMlarida 16 ming 410 bo‘sh o‘rin qolgani sababli ular qayta testdan o‘tishlari mumkin.
"Biroq tibbiyot, milliy va pedagogika universitetlarida bo‘sh o‘rinlar yo‘q", deb aytdi Ikromiy.
Ma'lum qilinishicha, "Jamiyatshunoslik va huquq" hamda "Tibbiyot, biologiya va sport" klasterlarida o‘qishga topshiruvchilar soni eng ko‘p bo‘lgan. Bu klasterlarga kiruvchi mutaxassisliklar bo‘yicha oliy ma'lumot olmoqchi bo‘lgan abituriyentlar soni 200 foizdan oshib ketgan.
Tabiiy va texnik fanlar klasterida esa 86,43 foiz bo‘sh o‘rin qolib ketgan.
Mavzuga oid
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
21:26 / 25.08.2025
Tojikistonda folbin va sehrgarlar xizmatidan foydalanganlik uchun jazo joriy etildi
07:46 / 23.08.2025
Rossiyaga isiriq olib borgan tojikistonlik ayol 8 yilga qamaldi
07:50 / 13.08.2025