14:39 / 05.08.2017
8518

Istanbul qamoqxonasida gruziyalik 150 mahbus ochlik e'lon qildi

Istanbul qamoqxonasida gruziyalik taxminan 150 mahbus ochlik e'lon qildi, deb xabar bermoqda «Rustavi 2» telekanali.

Ta'kidlanishicha, mahbuslarning oila a'zolari qamoqxona ma'muriyatini shafqatsizlikda, Gruziya diplomatik idoralarini vaziyatga e'tibor qaratmaslikda ayblamoqda. 

Xabar qilinishicha, mahbuslar to‘rt kundan beri hech narsa iste'mol qilayotgani   yo‘q. Ochlik e'lon qilinishiga asosiy sabab – ovqatlar sifatining yomon ekani, shuningdek, ibodat qilish uchun maxsus burchakning yo‘qligidir.

Top