Jahon | 13:02 / 05.08.2017
15894
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya AQShning yangi sanksiyalari tufayli Eron bilan harbiy hamkorlikni kuchaytiradi

Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Dmitriy Rogozin Tehronda Eron mudofaa vaziri bilan rus qurol-yarog‘larini yetkazib berish masalasini muhokama qiladi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti» rossiyalik amaldor devonidagi manbaga asosan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Eron AQSh har ikki davlatga nisbatan yangi sanksiyalar kiritganidan so‘ng harbiy-texnik va texnologik hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olishgan.

Rogozin Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning inauguratsiya marosimida Rossiya delegatsiyasiga rahbarlik qilmoqda.

Manbaning ta'kidlashicha, Rogozin boshchiligidagi rus delegatsiyasi «yangi shartnomalarni imzolash imkoniyatini ishlab chiqadi».

Shuningdek, manba Rogozinning Moldova prezidenti Igor Dodon bilan uchrashish rejasi borligini tasdiqladi.

Bundan avval rossiyalik amaldor Dodon bilan uchrasha olmadi, sababi Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari o‘tirgan samolyotni Ruminiya havo kengliklariga kiritishmadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid