Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Makron bilan Suriya, Venesuela hamda Ukrainadagi vaziyatni muhokama qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp va Fransiya yetakchisi Emmanuel Makron o‘zaro telefon muloqoti o‘tkazdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Prezident Donald Tramp bugun prezident Emmanuel Makron bilan muloqot o‘tkazdi. Bunda Suriya va Iroqdagi davom etayotgan inqirozga nisbatan mamlakatlar hamkorligini yaxshilash va Eronning salbiy ta'siriga qarshi turish muhokama qilindi», - deyiladi xabarda.
Davlat rahbarlari Liviyadagi siyosiy vaziyat, shuningdek, Venesuela hamda Ukrainadagi holat bo‘yicha ham fikr almashishgan.
«Ular prezident Nikolas Maduroning Venesueladagi rejimi mamlakat aholisi huquqlarini tiklashi kerakligini qayd etishdi, hamda Ukrainada vaziyatni hal qilishda tomonlar Minsk kelishuvlariga rioya etishlari lozimligi muhimligini ta'kidlashdi», - deya qayd etiladi Oq uy xabarida.
Bundan tashqari, Tramp va Makron Shimoliy Koreyaga tegishli bo‘lgan «o‘zaro manfaatlar»ni ham muhokama qilgan.