Edgars Rinkeviçs bu haqda 3 iyul kuni Deutsche Welle naşriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning sözlariga köra, NATOga a’zo davlatlar Kremlga aniq signal yuborişi kerak: agar Rossiya alyansga qarşi harakat qilsa, unga nisbatan mutanosib javob qaytariladi.

Rinkeviçs, şuningdek, Ukrainada barqaror tinçlikka Yevropa iştirokisiz erişib bölmasligini qayd etdi. Uning fikriça, Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bölişi nafaqat siyosiy va iqtisodiy, balki xavfsizlik nuqtai nazaridan ham Yevropa manfaatlariga mos keladi.

Latviya prezidentining ta’kidlaşiça, ötgan yili NATO davlatlari mudofaa xarajatlarini yalpi içki mahsulotning 5 foizigaça yetkazişga kelişib olgan bölsa-da, bu ham yetarli emasligi ayon bölmoqda.

«Muammo faqat mablağda emas. Muhimi, uşbu mablağlar evaziga zamonaviy qurol-yaroğ, raketalar va harbiy texnikalarni sotib oliş hamda harbiy salohiyatni oşirişdir», — dedi u.

Rinkeviçs AQŞni Yevropa xavfsizligining ajralmas hamkori sifatida baholab, ayrim yevropalik siyosatçilarning bayonotlariga qaramay, Vaşington qit’a mudofaasida hal qiluvçi örin tutişini ta’kidladi.

3 iyul kuni Edgars Rinkeviçs kelasi hafta Anqarada bölib ötadigan NATO sammiti oldidan Berlinga taşrif buyurdi. U yerda Estoniya boş vaziri Kristen Mixal va Litva prezidenti Gitanas Nauseda bilan birgalikda Germaniya kansleri Fridrix Mers bilan uçraşuv ötkazdi.

Uçraşuv yakunida Germaniya kansleri Fridrix Mers Boltiqböyi davlatlari xavfsizligi Germaniya xavfsizligining ham ajralmas qismi ekanini ta’kidladi.