Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona» Koutino transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan
«Liverpul» yarimhimoyachisi Filippe Koutino yaqin vaqt ichida «Barselona» futbolchisiga aylanadi.
Sport.es nashri xabariga ko‘ra, mersisaydliklar braziliyalik futbolchisini 100 mln yevroga sotishga rozi bo‘lgan. Endi «Barselona» vakillari transferni yakunlash uchun Angliyaga yo‘l oladi.
Kataloniyaliklar Koutinoni Parijga yo‘l olgan Neymarga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
Koutino «Liverpul»ga 2013 yilda «Inter»dan 13 mln yevro evaziga o‘tgan edi. O‘tgan mavsumda u jami 36 o‘yinda maydonga tushib, 14ta gol urgan va 9ta golga uzatma bergan.
Bungacha mersisaydliklar «Barselona»ning barcha takliflarini rad etayotgan, jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp Koutino sotilmasligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
02:34 / 11.05.2026
"Barselona" "Real" bilan o‘yinda Ispaniya chempioniga aylandi. Bunaqasi ilk bor ro‘y berdi
20:32 / 10.05.2026
“Barselona” bosh murabbiyining otasi “El Klasiko” kunida vafot etdi
11:26 / 03.05.2026