Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Inson huquqlari bo‘yicha BMT vakili qiladigan ish yo‘qligi uchun Suriyani tark etmoqchi
Suriyadagi inson huquqlarini buzilishi holatlarini o‘rganuvchi BMT Xalqaro mustaqil komissiyasi a'zosi Karla del Ponte o‘z vazifasini tark etishi ma'lum qildi. Uning so‘zlariga qaragada, Suriya inqirozidagi barcha ishtirokchilar «yovuzlik» tomonida bo‘lib, hech qanday oqlashga loyiq emas.
«Men ishdan bo‘shash to‘g‘risida ariza yozib, rahbariyatga yubordim. Shunchaki ish qilmay, bekorchi bo‘lib o‘tirgan komissiyaning bir bo‘lagi bo‘lish menga yoqmaydi», - deydi u o‘z bayonotida.
Suriyadagi inson huquqlari bo‘yicha komissiya 2011 yil mart oyida tuzilgan edi. Fuqarolar urushini boshlangan davrning o‘zida mamlakatda 300 ming kishi halok bo‘ldi, komissiya a'zolari esa bir necha bor Xalqaro jinoyat sudi mamlakatda tergovlarni boshlashi lozimligini iddao qilib kelgan.
Ponte ishtirokidagi komissiya yig‘ilishi joriy yilning sentabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bundan avval Karla del Ponte sobiq Yugoslaviya hududidagi insoniyat qarshi qilinayotgan jinoyatlarni o‘rgangan.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026