Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tillerson: AQSh Rossiyadagi dipmissiyasi qisqartirilganiga 1 sentabrda javob beradi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Rossiyadagi diplomatlari soni qisqartirilganiga 1 sentabrda javob beradi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Reks Tillerson bayonot berdi deb yozmoqda Reuters.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tillerson ushbu muddat xususida Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovni 6 avgust kuni Filippinda uchrashgan chog‘ida xabardor qilgan.
Ammo Tillerson AQSh dipmissiya qisqarishiga qanday javob berish borasida bir to‘xtamga kelmaganini ta'kidladi. U Lavrovga ushbu choralarga aniqlik kirituvchi ayrim savollarni bergan.
Iyul oyi oxirida Rossiya prezidenti Vladimir Putin, AQShga nisbatan yangi choralar doirasida 755 amerikalik diplomat Rossiyani tark etishiga to‘g‘ri kelishini aytgan edi.
Shu bilan birga, Tillerson AQSh turli qarashlar sababli aloqalarni uzishdan ma'ni yo‘q, deb hisoblashini va Rossiya bilan ishlashni xohlayotganini aytgan.
U Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan uchrashuvi xususida so‘z yuritar ekan, Rossiya muloqotga va Ukrainadagi inqirozga barham berish yo‘llarini qidirishga «qaysidir ma'noda tayyorligini» bildirmoqda.
Davlat kotibining so‘zlariga ko‘ra, u Lavrovga, Rossiyaning AQShdagi saylovlarga «aralashuvi» — jiddiy muammo ekanini aytgan.
Mavzuga oid
10:35
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50
Sumidagi hujumda besh yoshli qizaloq va onasi halok bo‘ldi
22:57 / 03.07.2026
Donald Trampga 321 ta olmos ko‘zli uzuk sovg‘a qilindi - OAV
21:48 / 03.07.2026