14:18 / 08.08.2017
6938

AQSh Davlat kotibi Shimoliy Koreyaga nisbatan bosimni oshirish uchun Tailanddan foydalanmoqda

Bugun, 8 avgust kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Reks Tillerson rasmiy Bangkok vakillari bilan uchrashdi. Ikki tomon o‘rtasida oliy​ darajadagi uchrashuv 2014 yili Tailandda amalga oshirilgan davlat to‘ntarishida AQShning «qo‘li» borligi gumon qilinganidan beri ilk bor o‘tkazilmoqda.

Davlat kotibining asosiy maqsadi janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarining Shimoliy Koreyaga nisbatan bosimni yanada oshirishga undashdan iborat. Tillersonning Tinch okeani va janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha yordamchisi Syuzan Tornton jurnalistlarga bergan ma'lumotiga ko‘ra, ayni paytda Shimoliy Koreyaning yetakchi kompaniyalari Tailandda faol ishlab kelmoqda.

Tailand hukumati ushbu uchrashuvga qadar, BMT tomonidan rasmiy Pxenyanga nisbatan qabul qilingan yangilangan iqtisodiy sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlanishini bildirgan edi. Endilikda amerikalik yuqori darajadagi davlat mulozimi Bangkokning yanada ko‘proq KXDRdan qochib kelayotgan muhojirlarni qabul qilishga chaqirmoqda.

Mavzuga oid
Top