Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Berlin: Gollandiyadan Germaniyaga keltirilgan tuxumlar zararli modda bilan ataylab zaharlangan
Gollandiyadan Germaniyaga keltirilgan tuxumlar fipronil insektitsidi zararli moddasi bilan ataylab zaharlangan. Bu haqda Germaniya qishloq xo‘jaligi vaziri Kristian Shmidt ma'lum qildi, deb xabar berdi ARD axborot agentligi.
"Bu jinoyat, mutlaq ravshan ", deb ta'kidlab o‘tgan Shmidt va bu vaziyatda oldini olish tizimi ishlamaganini qo‘shimcha qilgan. U ishning oydinligini ta'minlash va vazirliklar o‘rtasida o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun Niderlandiya va Belgiyaga ekspertlar jo‘natgan.
Avvalroq Britaniya va Fransiyada tarkibida fipronil bo‘lgan tuxumlar aniqlangandi.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Gollandiyadan Germaniyaga fipronilli 1 mln dona tuxum yetkazilgan. Shuningdek, xavfli tuxumlar Belgiyada ham aniqlangan. Uchta davlat hukumati xavfli mahsulotning sotuvdan olinishi haqida buyruq bergan. Ta'kidlanishicha, tuxumlarda aniqlangan fipronil miqdori kattalar uchun xavfsizdir, biroq bolalar salomatligiga putur yetkazishi mumkin. Ayni vaqtda jabrlanganlar haqida hech narsa ma'lum emas.
Fipronil burga, bit va kanalarga qarshi qo‘llanadi. Ushbu vositani go‘shti inson tomondan iste'mol qilinishga mo‘ljallangan hayvonlarni davolashda qo‘llab bo‘lmaydi.
Mavzuga oid
20:57 / 09.04.2025
Qozog‘iston olti oyga tuxum importini chekladi
10:05 / 20.03.2025
Buyuk Britaniyada ideal darajada dumaloq tuxum auksionda sotildi
19:25 / 17.03.2025
AQSh va Meksika chegarasida noqonuniy tuxum savdosi keskin oshib ketdi
00:25 / 17.03.2025