AQŞ parranda grippi sabab yuzaga kelgan tovuq tuxumlari yetişmovçiligi fonida Yevropa davlatlariga, xususan, Finlandiyaga uşbu masalada yordam sörab murojaat qildi. Ammo Helsinki Qöşma Ştatlarda tuxum yetkazib bermoqçi emas, çunki uşbu mahsulot eksporti böyiça Vaşington bilan oldinlari muzokara ötkazilmagan. Bu haqda Finlandiya parrandaçilik assotsiatsiyasining ijroçi direktori Veyera Lehtilya ma’lum qildi.
«Kelişilgan qoidalar bölmaganidan keyin eksportni boşlaş oson emas», — deydi u.
Lehtilyaning sözlariga köra, agar Finlandiya yetkazib berişni amalga oşira olgan taqdirda ham uşbu qaror AQŞda tuxum yetişmovçiligi muammosini hal etmaydi. Şuningdek, uning ta’kidlaşiça, parranda grippi nafaqat Qöşma Ştatlar, balki Yevropa uçun ham muammo hisoblanadi. «Finlandiya hozirga qadar buni yaxşi uddalagan bölsada, bundan qutilib qoliş uçun muntazam işlaşga töğri keladi», — deya qöşimça qiladi Lehtilya.
Daniyaning Agriwatch jurnali ma’lumotlariga köra, AQŞ tuxum yetkazib beriş böyiça sörovlarni, şuningdek, Daniya, Şvetsiya va Niderlandiyaga ham yöllagan. «Ular asosan biz qança hajmda tuxum yetkazib bera olişimizni söradi», — deydi Lehtilya.
Şvetsiyaning Kronagss kompaniyasi ham AQŞga tuxum eksport qilişi dargumon ekanini bildirgan, çunki eksport çeklovlari va Yevropaning özida tuxum yetişmasligi bunga xalaqit beradi.
Yle’ning qayd etişiça, AQŞ oldinlari tuxumni asosan Kanadadan import qilgan, ammo Donald Tramp boşlagan savdo uruşi sabab importni oşiriş imkonsiz.
Parranda grippi epidemiyasi sabab 2024 yilning oxirgi çoragida AQŞda 20 milliondan ortiq tovuq nobud bölgan — bu esa tuxum narxining oşişiga va dökonlarda ularning yetişmovçiligi boşlanişiga olib kelgan. Fevral oxirlarida Amerika Qişloq xöjaligi vazirligi qadoqdagi 12 ta tuxum narxi 8,41 dollarga çiqqanini ma’lum qilgandi — bu rekord darajadagi körsatkiç bölib, ötgan yilga nisbatan 200 foizli ösişni anglatadi.













