Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 07:32 / 08.08.2017
6395
1 daqiqa o‘qiladi
Pokistonda yuk mashinasi transformatorga urilishi oqibatida 34 kishi jabr ko‘rdi
Foto: Bloomberg
Pokistonning Laxor shahrida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 34 kishi jabr ko‘rdi. Voqea 7 avgust kechki vaqt shaharning Islompur tumanida yuz bergan.
RIA “Novosti” axborot agentligining xabar qilishicha, yuk mashinasi transformator budkasiga urilishi oqibatida portlash yuz bergan. Oqibatda yaqin orada joylashgan avtomobillarga shikast yetgan hamda bino tomi qulab tushgan.
Mahalliy hukumatning ma'lum qilishicha, mashinada portlovchi modda bo‘lgan. Politsiya hozircha yuz bergan voqeani terakt deb tasniflamayapti. Tergov olib borilmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish