Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya shahzodasi Misrdagi mehmonxonalarga yuzlab millionlar investitsiya qiladi
Saudiya shahzodasi Al-Valid ibn Talol Ol Saud va Misrning developeri Talaat Moustafa Group Misrdagi mehmonxonalar loyihalariga 800 mln dollar kiritadi.
Bu Misrda katta ko‘lamli iqtisodiy islohotlar boshlangandan beri xorijiy naqd valyutasining eng yirik quyilishlaridan biri bo‘ladi.
Jumladan, shahzodaning Kingdom Holding Co. kompaniyasi va TMG Sharm-al-Shayxdagi Four Seasons kurortini kengaytirmoqchi hamda Al-Alamayn va Qohira yaqinida 2 ta mehmonxona qurmoqchi. Bu haqda Misrning investitsiyalar va xalqaro kooperatsiya vazirligi ma'lum qildi.
Sayyohlikni rivojlantirish Misrni iqtisodiy tiklash dasturining eng muhim elementlaridan biri hisoblanadi.
Avvalroq Saudiya Arabistoni o‘lchami Belgiyadan kattaroq bo‘ladigan sayyohlik majmuasi qurishi ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
11:00 / 12.06.2026
O‘zbekistonda har yili “Ochiq turizm mavsumi” dasturi o‘tkaziladi
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
22:30 / 16.04.2026
Saudiya, BAA, Misr. Eron urushiga uch xil yondashuv
10:43 / 19.03.2026