Jahon | 15:15 / 08.08.2017
6681
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston mudofaa vazirligi qo‘shinlar mamlakat shimoliga o‘tkazilishi haqidagi xabarlarni rad etdi

Tojikiston mudofaa vazirligi harbiylar va texnika respublika janubidan shimoliga o‘tkazilishi haqidagi ma'lumotni rad etdi. Bu haqda News.tj xabar berdi. 

Mamlakat mudofaa vazirligi rejalariga ko‘ra, mamlakat shimolida avgustning ikkinchi qismiga So‘g‘d harbiy garnizonining keng ko‘lamli mashqlari rejalashtirilgan bo‘lib, unda hududiy mudofaa masalalari, milliy armiyadagi zaxira malakasini oshirish bo‘yicha ish olib boriladi, deya xabar bergan nashrga mudofaa mahkamasi matbuot kotibi polkovnik Faridun Mahmadalizoda.

«Biroq bu mashqlar faqatgina So‘g‘d viloyati garnizoni uchun. Mashqlarni o‘tkazish uchun So‘g‘dga qo‘shimcha kuch va texnikani yuborishga ehtiyoj yo‘q», - deya xulosa qilgan Mahmadalizoda.

Mudofaa vazirligi vakilining so‘zlariga ko‘ra, mashqlar davomida So‘g‘d garnizoni qo‘shinlari va kuch tuzilmalarining viloyatga kirib kelgan terrorchilar guruhini yo‘q qilish bo‘yicha o‘zaro harakatlari masalasi ham ko‘rib chiqiladi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid