Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiya shaharlaridan birining meri restoranga kiritilmadi
Italiyaning Toskanasi hududidagi Viarejo shahri meri Facebook sahifasi orqali folloverlariga murojaat qildi - mahalliy restoranlardan birining ma'muriyati uning do‘stlari bilan ovqatlanishiga yo‘l qo‘ymay to‘g‘ri yo‘l tutganmi yoki yo‘q?
Gap shundaki, shahar rahbari ochiq verandadagi norasmiy uchrashuv uchun kundalik "casual" uslubini tanlagan. Jorjio uning oq rangli ko‘ylagi va tizzadan sal pastroq keluvchi xaki rangli shortisi bunday ziyofat uchun ayni muddao deb hisoblagan.
Ofisiant buyurtmani qabul qilish o‘rniga uning kiyimi restoran dress-kodiga to‘g‘ri kelmasligini aytganida siyosatchi taajjubga tushgan. Bunga izoh berish so‘ralganda restoran xodimi janob Gingaroning shortisi "biroz sohilbop" ekani aytilgan.
"Biz dengizga qaragan stol atrofiga joylashdik va qo‘shni stoldagi tanishlarimiz bilan betashvish suhbatlashib o‘tirgandik. Shu payt biroz noqulaylik his qilgan ofitsiant mening shortigim ularning restorani uchun yetarlicha uzun emasligini aytdi", - deya izoh beradi Jorjio ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida.
Merning aytishicha, u do‘stlari bilan xayrlashib, restoranni tark etgunicha "bir necha daqiqali sharmandalik"ni boshdan kechirishiga to‘g‘ri kelgan. U oqshomni bunday qat'iy qoidalar bo‘lmagan boshqa restoranda davom ettirgan.
"Biroq, ochig‘ini aytganda, shu qadar yomon kiyinganmidim?", - deya qiziqish bildirgan mer.

Muhokama juda qizg‘in kechgan. Amaldorning sahifasidagi dress-kod haqidagi post ostida 700dan ortiq izoh qoldirildi. Folloverlar fikri ikkiga bo‘lingan: kimlardir Gingaroning kiyimida e'tirozga sabab bo‘luvchi hech nima ko‘rmagan bo‘lsa, yana birovlar merning sohilga emas, nufuzli restoranga kelgani, shunday ekan, qoidaga amal qilish kerakligini yodga solgan.
"Hurmatli mer, qonun barcha uchun barobardir", - deya xulosa qilgan folloverlardan biri.
Mavzuga oid
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
22:05 / 29.05.2026