Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda Yoshlar ittifoqi yosh fermer va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
Joriy yilning 7–8 avgust kunlari Samarqand viloyatida viloyatning yosh fermer va tadbikorlari bilan ochiq muloqotlar bo‘lib o‘tdi. Ochiq muloqotlar O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy Kengashi, viloyat hokimligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi va hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan tashkil qilindi.
Ikki kunlik ochiq muloqotlarda dastlab yosh fermerlar Samarqand tumanida «A'zam Azamat Agro» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligida tashkil etilgan yosh fermerlar uchun ochiq muloqotda Yoshlar ittifoqining markaziy Kengashi bo‘lim mudiri Baxtiyor Mamadaliyev va Bunyod G‘ofurov, shuningdek, viloyatdagi banklar, davlat soliq qo‘mitasi, Savdo sanoat palatasi, Yagona darcha va boshqa hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etib yosh fermerlarning taklif va muammolarini tingladilar.

Ochiq muloqot davomida yosh fermerlar uchun «A'zam Azamat Agro» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligida hamda tumanda joylashgan «Agromir» ishlab chiqarish korxonasiga sayohat tashkil etildi.


Ochiq muloqotning ikkinchi kuni Urgut erkin iqtisodiy zonasida tashkil qilindi va yosh tadbirkorlar uchun Urgut erkin iqtisodiy zonasiga biznes-sayohat uyushtirildi. Sayohat davomida yosh tadbikorlar erkin iqtisodiy zonada yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Shundan so‘ng yosh tadbirkorlar ochiq muloqotda o‘z faoliyatlarida uchrayotgan ayrim muammolar haqida so‘z ochishdi, tadbirkorlik faoliyati uchun yangi imkoniyatlar va takliflar haqida fikrlar bildirishdi.
O‘z muxbirimiz.
Mavzuga oid
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
17:45 / 05.06.2026