Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Shpayxer qatliomi»ga aloqador 27 kishi o‘lim jazosiga mahkum etildi
Iroq Oliy jinoyat sudi qaroriga ko‘ra, 27 kishi 2014 yili IShID jangarilari tomonidan amalga oshirilgan «Shpayxer qatliomi»ga aloqadorlikda ayblanib, o‘lim jazosiga mahkum etildi. Seshanba kuni e'lon qilingan qaror matni bilan jurnalistlarni tanishtirgan mamlakat Oliy jinoyat sudi vakili Abdul Sattor Biroqdor «27 nafar jinoyatchi o‘shanda 1,700 kishi qatl etilgani uchun jazolanishi kerak», deb fikr bildirgan.
Qaror Oliy jinoyat sudi tomonidan qabul qilinganiga qaramay, ayblanuvchilar apellyatsiya qilishi va o‘z himoyasi uchun dalillarni keltirishi mumkin. Ushbu kishilarning jazolanishi «Shpayxer qatliomi»ga aloqador shaxslarning o‘limga mahkum etilishiga oid ikkinchi yirik qaror hisoblanadi. 2016 yili Iroq hukumati 36 nafar jinoyatchini dorga osish orqali o‘lim jazosiga mahkum etgan edi.
Shpayxer, Tigrit shahri yaqinidagi AQShning sobiq harbiy bazasi, IShID jangarilari tomonidan nazoratga olingach, qo‘lga olingan shia e'tiqodidagi kishilarning qatliomiga guvoh bo‘lgan. Hozirgacha jangarilar tomonidan o‘ldirilgan kishilarning 1,700 nafarga yaqini kafanlanib, qaytadan ko‘mildi.
Mavzuga oid
19:51 / 30.06.2026
“Farhod” avtoehtiyot qismlar bozoridagi jinoiy guruh a’zolariga hukm o‘qildi
11:56 / 30.06.2026
Doniyor Turg‘unov ustidan sud boshlandi: avtomobilni olib qochish moddasi ayblovdan chiqarilgan
18:40 / 23.06.2026
Falajlikda o‘tgan 4 yil yoxud Islomov rahbarligi davrida sud tizimi
09:00 / 16.06.2026