Jahon | 23:30 / 09.08.2017
17554
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya "pomidor sanksiyalari"ga javob berish bilan tahdid qildi

Foto:EPA

Turkiya Rossiyaning oziq-ovqat mahsuloti embargosiga javoban chora ko‘rishi mumkin, deb yozadi Hürriyet Daily News iqtisodiyot vaziri Nixat Zeybekchining so‘zlariga asoslanib. Nashrda ta'kidlanishicha, bu masalaga oid maslahatlashuvlar davom etadi. 

Vazir Anqaradagi chiqishi vaqtida turk pomidorlari, shuningdek boshqa sabzavotlar eksporti masalasi hal qilinmay qolganini qayd etdi. 
 
"Ehtimol, biz javob choralari ko‘rishga majbur bo‘larmiz", - dedi Zeybekchi. 
 
2015 yilda Turkiya Suriya chegarasi yaqinida Rossiya samolyotini urib tushirganidan keyin RF turk pomidorlari yetkazilishiga nisbatan embargo kiritgandi. O‘shandan keyin Moskva va Anqara o‘rtasidagi munosabatlar endi-endi iziga tushayotgan edi. Shunga qaramay, bu mahsulotlarni yetkazib berishga taqiqlov o‘z kuchini yo‘qotmagan, deyiladi manbada. 
 
2 iyun kuni Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetkazib berilishiga nisbatan qo‘yilgan cheklovlarning bekor qilinishiga doir qarorni imzolagan, shu bilan birga turk qurilish firmalarining Rossiyada ishlashiga izn bergandi. 
 
Bugunga kelib ikki cheklov o‘z kuchini saqlab qolmoqda: turk fuqarolarining Rossiya hududiga vizasiz kirishi va pomidor yetkazib berilishi. Bosh vazir o‘rinbosari Arkadiy Dvorkovichning so‘zlariga ko‘ra, turk pomidorlari masalasi muhokamasi hali davom etadi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid