Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Banklardan xorijda o‘qish uchun chet el valyutasi olish tartibi qanday?
SAVOL: Assalomu alaykum! Men o‘g‘lim Amirbek Akmaljon o‘g‘li Adhamjonovning Moskvadagi Kosigin nomli RDUda o‘qishi sababli, uning shartnoma to‘lovini (Rossiya rublida) qanday va qancha miqdorgacha hamda qancha muddat ichida (2017 yil 1 sentabrgacha to‘lashim shart) to‘lashim haqida, shu bilan O‘zbekiston hududidagi qaysi banklardan amaliy yordam olishim mumkinligi haqida tushuncha bersangiz. Maslahat, tushuncha uchun avvaldan rahmat.
Akmal Abduraximov.
JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 30 yanvardagi «Jismoniy shaxslarga xorijiy valyutani sotish tartibini yanada liberallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-1914-sonli Qaroriga asosan 2013 yil 1 fevraldan boshlab O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari — jismoniy shaxslarga vakolatli banklar tomonidan chet el valyutasini xalqaro to‘lov kartalaridan foydalangan holda naqdsiz shaklda sotish banklarning konversion operatsiyalar bo‘limlari orqali amalga oshiriladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, naqdsiz ko‘rinishdagi chet el valyutasini sotib olish uchun vakolatli tijorat banklarida tashkil etilgan konversion operatsiyalar bo‘limlariga bevosita murojaat etilishi mumkinligi bildiriladi.
Savolga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yuridik boshqarmasi bosh yuriskonsulti S.Otaxonov javob berdi.
Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.
Mavzuga oid
11:50 / 28.08.2025
O‘zbekistonda Yevroosiyo bankining litsenziyasi bekor qilindi
08:50 / 30.04.2024
AQSh Moliya vazirligi Rossiya banklari bilan operatsiyalarga vaqtincha ruxsat berdi
14:13 / 29.04.2024
FT: G‘arb banklari Rossiyada 800 mln yevro soliq to‘lagan
12:47 / 10.04.2024