Özbekiston Markaziy banki boşqaruvining 27 avgust kungi qarori bilan, “Yevroosiyo banki” AJdan bank faoliyatini amalga oşiriş huquqini beruvçi litsenziya çaqirib olindi.
Regulyator xabariga köra, bank tomonidan ustav kapitali miqdori qonunçilikda belgilangan eng kam talablarga muvofiqlaştirilmagan. Şuningdek, banklar va bank faoliyati töğrisidagi qonunçilikda belgilangan boşqa talablar bajarilmagan.
Markaziy bank, şuningdek, Yevroosiyo bankini majburiy tugatiş va tugatiş komissiyasini tayinlaş töğrisida qaror qabul qildi.
Ma’lumot uçun, tijorat banklarining ustav kapitali 2025 yil 1 yanvardan boşlab 500 mlrd sömdan kam bölmasligi kerak. 2025 yil 1 avgust holatiga, Yevroosiyo bankining kapitali 104 mlrd sömni taşkil etadi.
Yevroosiyo banki – Qozoğistondagi şu nomli bankning Özbekistondagi şöbasi bölib, 2024 yil yanvar oyida litsenziya olgandi. 2025 yil 1 avgust holatiga, bankning depozit va kredit portfeli nolga teng. Kredit taşkiloti 2025 yilning birinçi yarmini 51,6 mlrd söm zarar bilan yakunlagan.
Qozoğistondagi Yevroosiyo bankiga 1994 yilda asos solingan, boş ofisi Olmaota şahrida joylaşgan. Forbes ma’lumotiga köra, kompaniyaning yakuniy benefitsiarlari Ibragimovlar oilasi, Aleksandr Maşkeviçning vorislari va Fattoh Şodiyev hisoblanadi.













